“To‘palang GES” da modernizatsiya ishlari yakunlandi

O'zbekiston

Elektr energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash uchun Sariosiyo tumanidagi “To‘palang GES” 75 million 400 ming yevro mablag‘ evaziga modernizatsiya qilinib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu haqda Surxandaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“To‘palang GES” da modernizatsiya ishlari yakunlandi
Qayd etilishicha, so‘nggi sinov ishlari olib borilayotgan shu kunlarda gidroelektr stansiyasi 64 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarib, tarmoqqa uzatmoqda. Bu energiya vohadagi 36 mingdan ortiq xonadonni ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlayapti.

Sinov ishlari to‘liq yakunlangach, gidroelektr stansiya to‘la quvvat bilan ishga tushirilib, 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi. Iste’molchilarga yiliga 467 million kVt/soat elektr energiyasi uzatib, 126,2 million kub/metr tabiiy gazni tejaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing