Daniya tashqi ko‘rinish va ovoz huquqini qonuniylashtirdi

Dunyo

Daniya dunyoda birinchi bo‘lib insonning yuzi, ovozi va xulq-atvor xususiyatlarini uning shaxsiy intellektual mulki sifatida qonuniy tan olishni mo‘ljallamoqda - bu dipfeyklar va sun’iy intellekt soxtalashtirishlarining tarqalishiga qarshi qadamdir.

Daniya tashqi ko‘rinish va ovoz huquqini qonuniylashtirdi
The Guardian nashrining yozishicha, parlament tomonidan deyarli bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusga ko‘ra, insonning roziligisiz uning raqamli nusxasini yaratish va nashr etish - bu rasm, ovoz yoki xatti-harakatlarga taqlid bo‘lishidan qat’i nazar - qonunbuzarlik hisoblanadi. Bunday kontent muallifiga materialni olib tashlash buyuriladi va jabrlanuvchi kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘ladi. Parodiyalar va satirik roliklar bundan mustasno bo‘lib, ular qonun ta’siriga tushmaydi.

Qonun loyihasi rasman kuzda kiritilishi kutilmoqda. Rasmiylar allaqachon raqamli platformalarni ogohlantirgan: yangi me’yorlarni buzish katta jarimalarga olib keladi, agar muntazam hodisalar yuz bersa, masala Yevrokomissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritilishi mumkin.

Kopengagenning hisoblashicha, yangi yondashuv raqamli o‘ziga xoslikni himoya qilish sohasida tartibga solish modeliga aylanadi va boshqa Yevropa mamlakatlarini shunga o‘xshash chora-tadbirlarga ilhomlantiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing