Prezidentni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O'zbekiston

2 iyul kuni Zagulba qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Prezidentni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat bayroqlari o‘rnatilib, faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev samimiy kutib oldi.

Davlat madhiyalari yangrab, faxriy qorovul tantanali yurib o‘tgach, davlat rahbarlari birgalikda suratga tushdi. Shundan so‘ng yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing