Toʻqayev AQShni Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid qilmaslikka chaqirdi

Siyosat

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Nyu-Yorkda Jozef Bayden va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvi chog‘ida AQSH Prezidentini yadro qurolidan xoli Markaziy Osiyo to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilishga chaqirdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toʻqayev AQShni Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid qilmaslikka chaqirdi
Qayd etilishicha, ushbu protokolni ratifikatsiya qilgan davlatlar Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi yadro qurolini ishlatmaslikva ularga tahdid solmaslik majburiyatini olgan.

To‘qayevning qayd etishicha, bu qadam mintaqaning yadrosiz maqomini institutsionallashtirish jarayonini yakunlaydi. Shuningdek, yadroviy qurolsizlanish va uni tarqatmaslik bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarning muhim bosqichi bo‘ladi.

Qayd etish joizki, Markaziy Osiyo shimoliy yarim sharda yadro arsenallarini joylashtirish taqiqlangan yagona mintaqa hisoblanadi. Protokol Xitoy, Rossiya, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan ratifikatsiya qilingan. Qo‘shma Shtatlar ushbu protokolni imzolagan, lekin ratifikatsiya qilmagan yagona yadroviy davlat bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing