Toqayev: Qurultoy saylovlari Qozog‘iston tarixida yangi sahifa ochadi
Dunyo
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev yangi bir palatali Qurultoyga bo‘lib o‘tadigan saylovlarni «haqiqatan ham tarixiy voqea» deb atadi va fuqarolarni ovoz berishda faol ishtirok etishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, saylovlar Xalq Konstitutsiyasi kuchga kirganidan so‘ng yangi islohotlarning boshlang‘ich nuqtasiga aylanadi.
«Kelgusi yakshanba kuni mamlakatimizda haqiqatan ham tarixiy voqea — yangi bir palatali Qurultoyga ilk saylovlar bo‘lib o‘tadi», — dedi Toqayev telemurojaatida.
Prezident so‘nggi yillarda Qozog‘istonda keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasi «mazmunli, ochiq, raqobatbardosh va sivilizatsiyalashgan» tarzda o‘tdi. Siyosiy partiyalar saylovchilar bilan uchrashuvlarda, OAVdagi chiqishlarda, umummilliy teledebatlarda va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z dasturlarini taqdim etdi.
Toqayev mamlakatdagi ijtimoiy kun tartibi o‘zgarayotganini ta’kidladi. «Sahnaga yangi yuzlar chiqdi, qiziqarli g‘oyalar paydo bo‘ldi. Bu siyosiy yangilanishning muhim belgisidir», — dedi u. Prezident yoshlar, professional hamjamiyat vakillari va tadbirkorlarning jamoatchilik muhokamalaridagi faolligini alohida qayd etdi.
Davlat rahbari Qurultoyga «Vatanimizning professional va fidoyi farzandlari» saylanishiga ishonch bildirdi. «Yangi qonun chiqaruvchi organ konstruktiv qarashlar va intilishlarning umumiy platformasiga aylanishi kerak. Qurultoy mamlakatni yanada modernizatsiya qilish jarayoniga yuqori sur’at beradi», — dedi u.
Toqayev fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni, saylovlarda ishtirok etishga chaqirdi. «Saylovlarda ishtirok etish — xalq irodasining eng oliy ifodasi, fuqarolik mas’uliyati va Vatan taqdiriga daxldorlik namoyonidir», — deya ta’kidladi Prezident.

Powered by Froala Editor