Toshkent yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida 157-o‘rinni egalladi
Dunyo
Toshkent The Economist jurnalining dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingida 173 ta shahar ichida 157-o‘rinni egalladi. Shahar so‘nggi 12 oy ichida 13 pozitsiyani yo‘qotdi.
The Economist’ning Global Liveability Index 2023 hisobotiga ko‘ra, Toshkent dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingida 53,9 ball to‘plagan holda 173 shahar ichida 157-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston poytaxti 2022-yilga nisbatan 13 pog‘ona yo‘qotdi.
Reytingga 2022 yilda Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanishi fonida undan chiqib ketgan Kiev qaytdi. Ukraina poytaxti 173-oʻrindan 165-oʻrinni egalladi. Mojarolar chogʻida katta zarar koʻrgan shahar infratuzilmasiga berilgan baho 100 balldan 23,2 ballni tashkil etib, reytingdagi eng past koʻrsatkich boʻldi.
Avstriya poytaxti Vena ketma-ket ikkinchi yil yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida yetakchiga aylandi. “Barqarorlik, madaniyat va ko‘ngilocharlik hamda mustahkam infratuzilmaning ajoyib uyg‘unligi bilan Vena besh yil ichida to‘rtinchi marta reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi”, deb yozadi The Economist. Venadan keyin Kopengagen (Daniya), Melburn (Avstraliya), Sidney (Avstraliya), Vankuver (Kanada) va Syurix (Shveysariya).
Reytingga ko‘ra, yashash uchun eng yomon shaharlar Pokistonning Karachi shahri, Nigeriyaning Lagosi, Jazoir (Jazoir davlatining poytaxti va eng yirik shahri), Liviya poytaxti Tripoli va Suriya poytaxti Damashq bo‘ldi. Oxirgi o'n yildan ortiq vaqt davomida reytingda yashash uchun eng noqulay shahar bo'lib kelgan.

Powered by Froala Editor