Toshkent - Doha yo‘nalishida aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Iqtisodiyot

Shuningdek, Dohada Toshkent va Toshkentda Doha kunlari singari madaniyat tadbirlari ham tashkil etiladi.

Toshkent - Doha yo‘nalishida aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, logistika, turizm, qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda Qatar amirining oliy darajadagi tashrifi doirasida Samarqand shahrida imzolangan Toshkent va Doha shaharlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha anglashuv memorandumi ijrosi yuzasidan yo‘l xaritasini tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qatar biznes delegatsiyalarini Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishga taklif qilish, Qatarda O‘zbekistonning ziyorat turizmini targ‘ib qilish, Toshkent - Doha yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yish orqali o‘zaro tashriflar va aloqalar kengayishini ta’minlash, Dohada Toshkent va Toshkentda Doha kunlari singari madaniyat tadbirlarini tashkil etishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish xususida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy muloqotlarni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing