Toshkent havosi eng iflos shaharlar ichida 8-o‘rinni egalladi
O'zbekiston
Poytaxtda havo ifloslanishi “juda xavfli” darajaga chiqdi. Havo tarkibida sanoat va avtotransportlardan chiqadigan uglerod konsentratsiya ulushi sezilarli darajada ortgan.
Toshkent havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoning eng yirik shaharlari ichida 8-o‘rinni egalladi. Bu IQAir portalida e’lon qilingan reytingda ma’lum bo’ldi.
O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatovning ta’kidlashicha, bugun, 17-noyabr soat 9:00 holatiga ko‘ra, poytaxt havosi tarkibida mayda RM-2.5 dispers zarrachalar miqdori Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan 23.8 barobarga ko‘paygan.
Havo tarkibida sanoat va avtotransportlardan chiqadigan uglerod konsentratsiya ulushi ham sezilarli ortgan. Ammo, u ruxsat etilgan me’yorlardan past darajaga ega. IQAir portali Toshkent havosini “zararli” deb baholagan.
Dehli shahri 1-o‘rinni, Pokistonning Karachi shahri 2-o‘rinni egaladi. Hindistonning Kalkutta shahri kuchli uchlikka kirgan.

Powered by Froala Editor