Toshkent iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqda: Rossiya va Iordaniya markazda
Iqtisodiyot
2-aprel kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov mamlakatda faoliyat yuritayotgan Rossiya kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi investorlar duch kelayotgan muammolarni tezkor hal etishdan iborat bo‘ldi.
Muloqotda “Magnit”, “Wildberries”, “Promomed”, “Siberian Wellness” kabi yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar mahsulotlarni markalash, QQSni qaytarish, tarif siyosati va infratuzilma masalalarini muhokama qildi. Yakunda biznes takliflarini amalga oshirish va investitsiya muhitini yaxshilash uchun mas’ul shaxslar belgilandi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik barqaror o‘smoqda: so‘nggi besh yil ichida tovar ayirboshlash hajmi 5,7 mlrd dollardan 13 mlrd dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni 3 200 tadan oshdi. 2025-yilda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 4,8 mlrd dollarni tashkil etdi, hozirda esa umumiy qiymati 43,9 mlrd dollarlik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu kuni O‘zbekiston–Iordaniya hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda Laziz Qudratov va Iordaniya sanoat, savdo va ta’minot vaziri Yarub Quda hamraislik qildi.
Tomonlar hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqlab, katta salohiyat mavjudligini qayd etdilar. So‘nggi besh yil ichida o‘zaro savdo hajmi qariyb 9 barobar oshdi. Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, yer osti boyliklaridan foydalanish, kimyo, qishloq xo‘jaligi, logistika va farmatsevtika sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Transport aloqalarini rivojlantirish, telemeditsiyani joriy etish, qo‘shma ishlab chiqarishlar yaratish va vizasiz rejim sharoitida turizm almashinuvini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama hamkorlikka yangi turtki berishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor