Toshkent – Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar

O'zbekiston

Toshkent rasmiy ravishda Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb e’tirof etildi. Global Numbeo portali 2025 yil natijalariga ko‘ra, poytaxt jahonda 51-o‘rinni egalladi va Astana, Olmaota va boshqa yirik shaharlardan oldinga chiqdi.

Toshkent – Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar
Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent Markaziy Osiyodagi barcha shaharlardan xavfsizlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. MDH miqyosida ham O‘zbekiston poytaxti yetakchilik qiladi: u Nijniy Novgorod (56-o‘rin), Qozon (72-o‘rin), Kaliningrad (78-o‘rin) va Moskva (99-o‘rin) shaharlarini ortda qoldirdi.

Jahon xavfsizlik reytingida yetakchi uchlikka Abu-Dabi (BAA), Doha (Qatar) va Dubay (BAA) kiradi. Eng yaxshi o‘ntalikka shuningdek Taybey, Sharja, Manama, Maskat, Yevropadan esa Gaaga, Myunxen va Tronxeym kirdi.

Numbeo mutaxassislari xavfsizlik indeksining kompleks ko‘rsatkich ekanini ta’kidlaydi. Hisob-kitobda nafaqat jinoyatchilik statistikasi, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samaradorligi, shahar infratuzilmasi va aholining hamda sayyohlarning xavfsizlikni qanday qabul qilishi hisobga olinadi. Shu tarzda shahar muhitining sifatli va obyektiv tasviri hosil qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing