Toshkent postida 717 dona bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
O'zbekiston
Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga bug‘u shohlarining noqonuniy olib kirilayotgani aniqlanganligi haqida, Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yengil avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda uning yuk xonasida bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 600 dona hayvon shoxi borligi aniqlangan. Nazorat tekshiruv davomida yana bir piyoda yurib kelgan shaxsning qo'lyuklari ko'zdan kechirilganda, unda 117 dona hayvon shohi borligi ma’lum bo‘lgan.
Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza xulosasiga ko‘ra, shoxlar bug‘uga mansub. Bug‘ular Yevroosiyo mamlakatlarida uchraydi va ular O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

Powered by Froala Editor