Toshkent sanoat muloqoti markaziga aylandi
O'zbekiston
Markaziy Osiyoning eng yirik sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston Prezidenti mintaqaning yetakchi delegatsiyalari bilan yangi loyihalar va sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni "INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Forum Rossiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlardan 10 mingdan ortiq ishtirokchini jamladi, ekspozitsiyaning umumiy maydoni esa 18 ming kvadrat metrdan oshdi.
Ko‘rgazmada mashinasozlik, metallurgiya, IT, kimyo, transport va qurilish sohalaridagi yetakchi korxonalarning texnologik yechimlari, zamonaviy uskuna va mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Davlatimiz rahbari pavilonlarni ko‘zdan kechirar ekan, iqtisodiy sheriklikni kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi hamda forum keng ko‘lamli loyihalarni boshlash va uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlash maydoniga aylanishiga ishonch bildirdi.
Tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyev qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi bilan muzokaralarda Rossiya Prezidentining 2024-yilda O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tovar ayirboshlash ortayotgani, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi kooperatsiya faollashgani ta’kidlandi.
Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, neft-gaz, kimyo, transport va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlandi.
"Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachev bilan tinch atom sohasida qo‘shma dasturlarni rivojlantirish, xususan, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida yadro texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, "MIFI" MTYaU Toshkent filialida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Rossiya hududlari va kompaniyalari o‘rtasidagi aniq kooperatsiya loyihalari muhokama qilingan davra suhbatida ham ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor