Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olinadi

O'zbekiston

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning Yutong Bus kompaniyasining xalqaro marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Syuy Pen bilan uchrashdi. Uchrashuvda O'zbekistonda jamoat transporti tizimini rivojlantirish jarayonida harakat tarkiblarini yangilash borasida dolzarb vazifalar muhokama etildi.

Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olinadi
Xususan, tomonlar 200 ta elektrobus sotib olish loyihasini amalga oshirishning hozirgi holatini, shuningdek, Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olish bo‘yicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan elektrobuslarni sotib olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq jihatlar atroflicha muhokama etildi.

Transport vaziri O‘zbekistonda foydalanilayotgan Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing