Toshkent shahrida infratuzilmani rivojlantirish rejalari muhokama qilindi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, sanoat va transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi loyihalar bilan tanishdi.

Toshkent shahrida infratuzilmani rivojlantirish rejalari muhokama qilindi
774 gektar maydonda tashkil etilgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida 268 gektarda qiymati 800 million dollar bo‘lgan 28 loyiha amalga oshirilmoqda. Yana 30 ta loyiha uchun investorlar aniqlangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 400 million dollarni tashkil etadi.

Hududda 288 million dollarlik multimodal logistika terminali DP World (Birlashgan Arab Amirliklari) kompaniyasi bilan hamkorlikda quriladi. Ushbu loyiha Toshkent va viloyatning logistika salohiyatini sezilarli darajada kengaytiradi.

Shuningdek, BRT (Bus Rapid Transit) tizimi poytaxtning yana o‘nta ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu esa transport oqimini yaxshilash va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

Kelasi yilda mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar tashkil etish hamda sug‘orish tizimlarini yangilash uchun 1 trillion so‘m ajratiladi.

Prezident ta’kidladi: Toshkentda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarga qulay, zamonaviy va xavfsiz shahar muhitini yaratishga, iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishi lozim.

Shuningdek, yig‘ilishda Buxoro shahrining turizm salohiyatini kengaytirish loyihalari ham taqdim etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing