Toshkent shahrida Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi
O'zbekiston
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlari hududidan 19 729,41 gektar yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga oʻtkazilib, Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi.
Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilib, Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi. Bu haqda Qonunchilik palatasining “Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahar tarkibida Yangi Toshkent tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirilgan.
Hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralari o‘zgartiriladi. Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,31 gektar (shundan 11 147,29 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari), O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar (shundan 1 758,41 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi.
Toshkent viloyatidan Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilgan yer maydoni, shuningdek, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Istiqbol», “Darxon», “Usmonobod», “Navoiy“, “Jaloltepa”, “Obodon”, “Guliston”, “Bahor”, “Xvan T.G”, “Yashnobod”, “Uch chinor”, “Nurafshon”, “Mirobod”, “Fayziobod”, “A.Yassaviy”, “Baliqchi”, “Yoshlik”, “Tinchlik”, “Iyk-ota”, “Birlik” MFY hududlari hamda “Istiqlol”, “Gulobod”, “O‘zbekiston”, “Navro‘z”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Ma’rifat”, “Jumabozor”, “Nurli yo‘l”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Saxovat”, “Qizilsoy” MFY hududlarining bir qismi va O‘rta Chirchiq tumanidagi “Sholikor”, “O‘choqli”, “Bunyodkor”, “Mash’al” MFY hududlari hamda “Mustaqillik”, “Gulobod”, “Yangiturmush” MFY hududlarining bir qismi hisobidan Toshkent shahri tarkibida umumiy yer maydoni 19 729,41 gektardan iborat bo‘lgan Yangi Toshkent tumani tashkil etilishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha, chegarasi o‘zgartirilayotgan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi saylov okruglaridan, O‘rta Chirchiq tumanidagi saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlari kengashlari deputatlari xalq deputatlari Yangi Toshkent tuman kengashi deputatlari hisoblanadi.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari tarkibidan o‘tkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari o‘zgartirilmagan holda o‘tkaziladi. Mazkur yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirilishiga yoki bekor qilinishiga qadar saqlab qolinadi.

Powered by Froala Editor