Toshkent viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqalar start oldi

Sport

Bugun Toshkent viloyatinig Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Tour of Bostonliq I va Tour of Bostonliq Ladies I xalqaro musobaqalari boshlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Toshkent viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqalar start oldi
Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan ko‘pkunlik bahslarda jami 12 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Xabar berilishicha, turnirlarda hamyurtlarimiz deyarli to’liq tarkibda qatnashishadi. Asosiy tarkibdan Olga Zabelinskayadan boshqa barcha startga chiqadi. Shuningdek, poygachilar 31-may kuni Grand Prix Chorvoq Criterium va Grand Prix Chorvoq Criterium Ladies musobaqasida g’oliblik uchub bahs olib borishadi.

Eslatib o'tamiz, Peru poytaxti Lima shahrida og’ir atletika bo’yicha o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionati nihoyasiga yetdi. Yosh atletlarimiz dunyo birinchliginini 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing