Toshkentda APK-viruslar orqali milliardlab so‘m o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

O'zbekiston

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xodimlari Toshkent shahrida Android qurilmalari uchun zararli APK-dasturlar yaratib, fuqarolarning pullarini o‘g‘irlab kelgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Ular odamlarning SMSlari, qo‘ng‘iroqlari va kontaktlariga kirish imkoniga ega bo‘lib, mablag‘larini o‘zlashtirishgan.

Toshkentda APK-viruslar orqali milliardlab so‘m o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Tekshiruv davomida virusli fayllar maxsus Telegram guruhlari orqali tarqatilgani ma’lum bo‘ldi. Tezkor tadbirda guruhning 5 a’zosi qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular 130 nafardan ortiq fuqaroning jami qariyb 3 milliard so‘mini o‘g‘irlagan. Gumonlanuvchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, boshqa a’zolarini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing