Toshkentda elektromobillar uchun ultra-tez zaryadlash stansiyasi ochildi
O'zbekiston
Toshkentda IT Park Uzbekistan hududida elektromobillar uchun ultra-tez zaryadlash stansiyasi ishga tushirildi. Ushbu loyiha “O‘ZIMPEKSALOQA” va Huawei kompaniyalari tomonidan amalga oshirilib, “yashil” texnologiyalarni joriy etish va elektromobillar sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Stansiya Huawei FusionCharge texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, elektromobillarni qisqa muddatda to‘liq zaryadlash imkonini beradi.
“O‘ZIMPEKSALOQA” direktori Sarvar Ergashev bu loyiha mamlakatning ekologik barqarorligini ta’minlashga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi. Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktor o‘rinbosari Suli Aylaiti esa, Huawei texnologiyalarining raqamli sanoat va energiya tizimlari sohasida innovatsiyalarni joriy etishda davom etishini ma’lum qildi.
Stansiya Huawei tomonidan ishlab chiqilgan yuqori quvvatli zaryadlash bloklari va suyuqlik bilan sovutiladigan tizimga ega bo‘lib, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytiradi va qurilmaning ishlash muddatini uzaytiradi. Bu loyiha, shuningdek, mamlakatdagi “yashil” energiya rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Powered by Froala Editor