Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbek-Venger hukumatlararo komissiyasining 9-majlisi bo‘lib o‘tdi
Siyosat
Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, unda ikki davlatning vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, diplomatik missiyalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto hamraislik qildi.
Yog‘ilish davomida sarmoyaviy, sanoat, savdo-iqtisodiy, bank va moliya hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va kelishib olindi.
Uchinchi davlatlardan qimmatbaho importlarni almashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vengriyaning yirik shaharlarida oʻzbek ishlab chiqaruvchilari uchun “Road Show” tashkil etish dolzarbligi qayd etildi.
Transport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish, ikki tomonlama va tranzit yuk tashish uchun ruxsatnomalarni liberallashtirish, Toshkent va Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyish, Vengriyada Oʻzbekiston mahsulotlari uchun logistika xabini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
Investitsion hamkorlik loyihalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Vengriyaning OTP Group, Joyson Safety Systems, Bonafarm kompaniyalari O‘zbekistonda qariyb 500 million dollarlik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Vengriya kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona va Markaziy Osiyo toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi ofisini tashkil etish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda. Kimyo sanoati, farmatsevtika, agrobiznes, qurilishni rivojlantirish, baliqchilik kabi sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari belgilab olindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha taʼlim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida Memorandum va erishilgan barcha kelishuvlar, loyiha va tashabbuslarni aks ettiruvchi yakuniy bayonnoma imzolandi.

Powered by Froala Editor