Toshkentda MDH mamlakatlari volontyorlarining birinchi xalqaro forumi bo'lib o'tadi

O'zbekiston

Toshkentda 4–5-may kunlari Hamdo'stlik mamlakatlari volontyorlarining xalqaro forumi bo'lib o'tadi. Tadbir "Toshkent – MDHning yoshlar poytaxti" dasturi doirasida o'tkaziladi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda MDH mamlakatlari volontyorlarining birinchi xalqaro forumi bo'lib o'tadi
Ma’lum qilinishicha, unda MDH davlatlaridan volontyorlar tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.

Kun tartibidan MDHda volontyorlar hamkorligini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoshlarning faol pozitsiyasini shakllantirish, inklyuzivlikni oshirish masalalari o’rin olgan.

Forumda nogiron bolalarni qo'llab-quvvatlash uchun davra suhbatlari, seminarlar, motivatsion uchrashuvlar va video intervyular tashkil etilishi ko’zda tutilmoqda.

Tadbir doirasida, shuningdek, xayriya yarmarkasi bo'lib o'tadi, unda 500 dan ortiq bolalar asarlari namoyish etiladi.

Tadbir O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tomonidan MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 15-aprel kuni O‘zbekiston poytaxtida “MDH yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing