Toshkentda ot polosi bo‘yicha Respublika birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tadi
Sport
2025-yil 15-mart kuni soat 14:00 da Toshkent shahrida "Bobur Mirzo nomli Chilonzor tumani hokimi kubogi" uchun ot polosi bo‘yicha Respublika birinchiligi musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli sport tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Polo Federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ot polosi – jismoniy mahorat, tezkorlik va strategik fikrlashni talab qiluvchi sport turi bo‘lib, mazkur musobaqada mamlakatning yetakchi jamoalari o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazishadi. Tadbir sport ixlosmandlari, rasmiy mehmonlar va ot sportiga qiziquvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.
Musobaqa milliy va xalqaro darajadagi polo sportining rivojlanishiga hissa qo‘shish, hamda O‘zbekistonda ot sporti an’analarini keng ommaga targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tashkilotchilar barcha sport ixlosmandlarini ushbu muhim voqeaga guvoh bo‘lishga va ot polosi dunyosidagi murosasiz kurashni tomosha qilishga chorlaydi!

Powered by Froala Editor