Toshkentda SHHT mamlakatlarida terrorizmga qarshi xalqaro konferensiya boshlandi

O'zbekiston

O‘zbekiston poytaxtida SHHT mamlakatlarida terrorizm va ekstremizmga qarshi xalqaro konferensiya boshlandi. Tadbirda BMT, YEOB, MDH Antiterror markazi hamda Interpol vakillari ishtirok etmoqda.

Toshkentda SHHT mamlakatlarida terrorizmga qarshi xalqaro konferensiya boshlandi
Konferensiyaning asosiy mavzusi — «Terrorizm va ekstremizm tarqalishini oldini olish: ildiz sabablarni bartaraf etish». Muhokamalarda ekspertlar terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi milliy tajribani, yosh avlodni salbiy ta’sirdan himoya qilish choralari va internetning terrorchilik faoliyatida ishlatilishiga qarshi kurashish masalalarini muhokama qiladilar.

Tadbir mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va SHHT mamlakatlarida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing