Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi

O'zbekiston

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi. 23 kg.dan ziyod kuchli ta’sir qiluvchi moddalar olib qo‘yildi. Bu haqida UzA xabar berdi.

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi
Maxsus tezkor gurux tomonidan kuzatuvga olingan shaxsning Toshkent shahar Yunusobod tumanida ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tayyorlashga mo‘ljallangan yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi.

Mazkur xonadonda hamda poytaxtning Uchtepa tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlarda pregabalin, tropikamid, trilon kabi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, ularni tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, qayta ishlash va taqsimlashga mo‘ljallangan tarozi, kolba, mikser kabi laboratoriya jihozlari, dorilarni solishga mo‘ljallangan plastik bo‘sh idishlar borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida yashirin "narkolaboratoriya"dan jami og‘irligi 19 kg 225 gr "pregabalin", 2 kg 960 gr "tropikamid", 1,2 kg “trilon” kuchli ta’sir qiluvchi moddalari, 20 litr xlorid kislotasi, 19 nomdagi 1746 dona laboratoriya uskuna va jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ma'lumot o'rnida, yanvar oyda Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki shaxs ushlangan edi. Fevralda esa Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tezkor tadbirida 1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi psixofaol dori vositalarini saqlagan shaxs qo‘lga olingan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing