Toshkentda yengil atletika bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati boshlandi
Sport
Bugun, 1-iyun, Toshkentda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati boshlandi. 2-iyunga qadar davom etadigan musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Tojikiston, Qozogʻiston va Ukrainadan tashrif buyurgan jami 355 nafar atlet gʻoliblik uchun kurash olib boradi, deb xabar bermoqda O’zbekiston MOQ matbuot xizmati.
Bahslarda Sharifa Davronova, Svetlana Radzivil, Safina Sadullayeva, Suhrob Xodjayev kabi terma jamoamiz yetakchilari ishtirok etadilar.
Qayd etish joiz, ushbu turnir Butunjahon yengil atletika federatsiyasi taqvimidan oʻrin olgan boʻlib, unda Parij-2024 normativini bajargan sportchilar Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritishlari yoki qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarishlari mumkin. Musobaqada jami 45 dasturda medallar jamlanmasi oʻynaladi.

Powered by Froala Editor