Toshkentdagi Inha universitetining 10 yilligi – IT sohasida yangi yutuqlar sari!

O'zbekiston

2-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘z faoliyatining 10 yilligini nishonlamoqda. So‘nggi o‘n yil ichida universitet mamlakatimizdagi yetakchi IT institutlaridan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Bu davr mobaynida 6 ta talabalar oqimi tugatildi, va bitiruvchilarimiz bu yil tez orada diplom oladilar.

Toshkentdagi Inha universitetining 10 yilligi – IT sohasida yangi yutuqlar sari!
Universitetdan 1900 dan ortiq bitiruvchi jahon IT hamjamiyatiga qo‘shildi. E’tiborlisi shundaki, ularning 85 foizdan ortig‘i O‘zbekistonda qolib, yetakchi kompaniya va davlat tashkilotlarida ishlab, mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Qolgan bitiruvchilar esa dunyoning eng yirik xalqaro korporatsiyalarida, jumladan Google, Microsoft va Amazon kabi kompaniyalarda faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda Inha universiteti IT-sohasi uchun haqiqiy iste’dodlar markaziga aylandi. Talabalar nafaqat yuqori kasbiy bilimlar, balki tanqidiy fikrlash va innovatsion qobiliyatlari bilan ajralib turadi. Ular yangi g‘oyalar yaratishga tayyor, tavakkal qilishdan qo‘rqmaydi.

Bright Uzbekistan tahririyatidan Inha universitetini yubiley bilan qutlaymiz va kelajakda ularga yanada katta muvaffaqiyatlar, ravnaq va o‘sish tilaymiz!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing