Toshkentdagi "Risoviy bozori" kimoshdi savdosiga qo‘yildi
O'zbekiston
Poytaxtning eng mashhur bozorlaridan biri - Mirobod tumanidagi "Risoviy bozori" E-auksion platformasi orqali sotuvga qo‘yildi. Gap Farg‘ona yo‘li va Abdurauf Fitrat ko‘chalari kesishmasida joylashgan "Beshqo‘rg‘on" dehqon bozori filialining bino va inshootlari haqida bormoqda.
Ushbu holatga oid O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori (2024-yil 10-iyuldagi 411-son ) chiqgan.
Boshlang‘ich bahosi - 15,9 mlrd so‘m.
Hudud maydoni - 0,26 gektar.
Auksion g‘olibi savdo, ofis, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar obyektlar, shuningdek, avtoturargohga ega yangi ekobozor loyihasini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Bularning barchasi avval tasdiqlangan bosh rejaga muvofiq bo‘lishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 28-aprel kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi va natijalar o‘sha kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, bu Toshkentdagi yirik bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi holat emas, 2024-yil oktyabr oyida "Ibn Sino" bozori sotuvga qo‘yilgan, ammo u sotib olinmagan.
Noyabr oyida esa "Askiya" bozori Xitoyning Sheng Ke-International kompaniyasiga 15 daqiqalik kimoshdi savdosidan so‘ng 225,59 mlrd so‘mga sotilgan edi

Powered by Froala Editor