Toshkentdan Myunxenga havo qatnovlari yoʻlga qoʻyildi
O'zbekiston
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 29-oktyabr kunidan boshlab Toshkent–Myunxen–Toshkent yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovlarini yoʻlga qoʻydi.
Yoʻnalish boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta - juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston va Germaniyaning yirik shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarning yoʻlga qoʻyilishi ikki mamlakat muloqotini barcha sohalarda yanada faollashtirish va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish imkonini berishi taʼkidlandi.
Rasmiy ochilish marosimi doirasida Oʻzbekiston bosh konsuli Olimjon Abdullayev va Myunxen aeroporti vitse-prezidenti Ulrix Teis oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Aviakompaniya yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va tegishli shart-sharoitlar yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Ma’lum qilinishicha, 1993-yildan buyon Toshkentdan Frankfurt-Mayn yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovlari dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Powered by Froala Editor