Toshkentga kelgan Birinchi xonimlar nima bilan band boʻldi
O'zbekiston
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun kelgan davlat rahbarlarining rafiqalari "Bolalar va yoshlar harakatda – Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumida qatnashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Forumda O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Turkiya Respublikasining Birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an, Eron Islom Respublikasi Prezidentining rafiqasi Jamila Alamolxoda, Qirg‘iz Respublikasining birinchi xonimi Oygul Japarova, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, yosh ekofaollar ishtirok etgan.
Forum ochilishida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga murojaat qilgan:
“Forumning bosh ishtirokchilari – sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sog‘lom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni e’tirof etish maqsadida yig‘ildik. Qo‘shnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ladi”, degan Ziroat Mirziyoyeva.

Powered by Froala Editor