Toyota Corolla - dunyodagi eng ko‘p sotilgan avtomobil

Dunyo

2025-yilning birinchi yarmida sotuvlar pasayganiga qaramay, Toyota Corolla hali ham dunyoda eng ko‘p sotilayotgan avtomobil bo‘lib qolmoqda. Model global reytingda yana birinchi o‘rinni egalladi.

Toyota Corolla - dunyodagi eng ko‘p sotilgan avtomobil
Focus2move portali hisobotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Toyota Corolla global savdo bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. Garchi sotuvlar 8,4% ga kamaygan bo‘lsa ham, u reytingda birinchi o‘rinda turibdi.

Ikkinchi o‘rinda — Toyota RAV4 krossoveri (-7,4%), uchinchi o‘rinda esa sotuvini 0,5% ga oshirgan Ford F-seriyasi joy olgan.

To‘rtinchi pog‘onani esa sotuvlar 26,9% ga qisqarganiga qaramay, Tesla Model Y egalladi.

Top-10 talikdan quyidagi modellarning nomi o‘rin oldi:

Honda CR-V

Hyundai Tucson

Chevrolet Silverado

Toyota Camry

Toyota Hilux

Kia Sportage

Eslatib o‘tamiz, Toyota Corolla tarixdagi eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lib, hozirgacha 50 milliondan ortiq dona ishlab chiqarilgan va sotilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing