Tramp: AQSh sanksiyalari dollarni dunyo valyutasi sifatida xavf ostiga qo‘ymoqda
Iqtisodiyot
Sobiq AQSh prezidenti va respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp AQSh hukumatining boshqa davlatlarga, jumladan, Rossiyaga qarshi joriy qilayotgan sanktsiyalari global miqyosda dollar mavqeini zaiflashtirayotganini aytdi. U o‘z prezidentligi davrida ham sanksiyalar joriy qilganini, lekin ularni tezda bekor qilganini ta'kidladi.
Trampning fikricha, AQSh dollari xalqaro zaxira valyutasi sifatidagi o‘z mavqeini yo‘qotsa, bu mamlakat uchun katta mag‘lubiyat bo‘ladi. “Agar dollar bu maqomni yo‘qotsa, bu urushda yutqazish bilan teng bo‘ladi”, dedi u.
Tramp amaldagi AQSh ma'muriyatining haddan tashqari ko‘p sanksiyalar qo‘llashini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kabi davlatlar Amerika bilan hamkorlik qilishga ehtiyoj sezmayotganini aytmoqda va o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqda.
Shuningdek, Tramp AQShning jahon iqtisodiyotida yetakchi rol o‘ynashini ta’minlash uchun sanktsiyalardan oqilona foydalanish zarurligini ta'kidladi. U dollarni jahon valyutasi sifatida saqlab qolish muhimligini ta'kidlab o‘tdi.

Powered by Froala Editor