O‘zbekiston va AQSH yadroviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari radiatsiya va yadroviy xavfsizlik sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat O‘zbekiston delegatsiyasining Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Bosh konferensiyasining 70-sessiyasidagi ishtiroki doirasida tuzildi.
Memorandum ikki mamlakatning tartibga soluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. U atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq qator muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari radiatsiya va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash, litsenziyalash va inspeksiya faoliyati, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, avariyalarga tayyorgarlik ko‘rish va favqulodda vaziyatlarga javob choralarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish va kasbiy tajriba almashishga e’tibor qaratiladi.
Hujjat O‘zbekiston va AQSHning tegishli tartibga soluvchi idoralari o‘rtasida axborot hamda ekspertlik almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish jarayonida ishonchli xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashishi kutilmoqda.
Memorandumni O‘zbekiston Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi A. Rafiqov hamda AQSH Yadroviy tartibga solish komissiyasi (NRC) raisi H. K. Nieh imzoladi.

Powered by Froala Editor