Tramp “Bi-bi-si”ni nutqini soxtalashtirishda ayblab, 1 milliard dollarlik da’vo bilan tahdid qildi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp “Bi-bi-si” telekompaniyasidan 2021-yil 6-yanvar voqealari haqidagi nutqini soxtalashtirgan hujjatli filmni olib tashlashni va kamida 1 milliard dollar tovon to‘lashni talab qildi. Mojoro natijasida Britaniya OAV rahbariyati iste’foga chiqdi.
The New York Times xabariga ko‘ra, Oq uy yuristlari “Bi-bi-si”ni “qasddan va haqoratli soxtalashtirishda” ayblagan rasmiy xat yuborgan. Tramp Panorama nomli hujjatli filmni olib tashlashni va omma oldida uzr so‘rashni talab qilgan.
The Telegraph surishtiruvi shuni ko‘rsatdiki, filmda Trampning ikki alohida nutqi birlashtirilgan va bu u go‘yoki Kapitoliyni bosib olishga ochiqcha chaqirgan degan taassurot uyg‘otgan.
Tramp bu holatni “atayin manipulyatsiya” deb atab, “agar 14-noyabr kuni soat 17:00 gacha talablar bajarilmasa, sudga murojaat qilaman”, deb bayonot berdi.
Natijada “Bi-bi-si” bosh direktori Tim Devi va yangiliklar bo‘limi rahbari Debora Terness iste’foga chiqdi.

Powered by Froala Editor