Tramp Eronga qarshi misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush e’lon qildi

Dunyo

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi misli ko‘rilmagan «iqtisodiy urush va izolyatsiya» boshlanishini e’lon qildi. U Truth Social tarmog‘idagi bayonotida bunday qaror Tehron, uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga erishish uchun berilgan imkoniyatlardan foydalanmagani sababli qabul qilinganini bildirdi.

Tramp Eronga qarshi misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush e’lon qildi
Tramp Eronni qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatlarni ham ogohlantirdi. Uning ta’kidlashicha, moliyaviy institutlari, kompaniyalari, aeroportlari yoki davlat tuzilmalari Eronga yordam ko‘rsatishga imkon beradigan davlatlar AQSh tomonidan jiddiy iqtisodiy oqibatlarga duch keladi.

«Bu misli ko‘rilmagan ko‘lamdagi iqtisodiy urush va izolyatsiya bo‘ladi», — deb yozdi AQSh prezidenti. Shuningdek, u AQSh ittifoqchilarini Eronni iqtisodiy jihatdan izolyatsiya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarga qo‘shilishga chaqirdi.

Tramp yangi kampaniyani 1944-yil 6-iyundagi Normandiyaga ittifoqchilar desanti bilan qiyoslab, uni «iqtisodiy D-Day» deb atadi. Biroq bayonotda aniq yangi iqtisodiy choralar tafsilotlari keltirilmagan.

AQSh prezidenti Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’kidladi. Bayonot Vashington va Tehron o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etayotgan hamda muzokaralar bo‘yicha aniq kelishuv mavjud bo‘lmagan sharoitda yangradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing