Tramp Meksikadagi kartellarga qarshi harbiy operatsiyani e’lon qildi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika hududida narkokartellarga qarshi harbiy harakatlar boshlanishini ma’lum qildi.

Tramp Meksikadagi kartellarga qarshi harbiy operatsiyani e’lon qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya faqat jinoyatchi guruhlar va narkokartellarga qarshi yo‘naltirilgan. «Biz suv orqali kelayotgan 97% giyohvand moddalar oqimini to‘sib qo‘ydik va endi quruqlik zarbalarini beramiz. Kartellar Meksikani boshqarmoqda», — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida. Prezident shuningdek, mamlakatdagi vaziyatni kuzatish juda achinarli ekanini ta’kidladi.

Mutaxassislar AQShning Meksikaga bevosita harbiy aralashuvi diplomatik keskinlikni keltirib chiqarishi mumkinligini va mexikalik hokimiyatlar bilan muvofiqlashtirishni talab qilishini ta’kidlashmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing