Tramp o‘zini Napoleon Banapartga qiyosladi
Dunyo
Tramp o‘zini Napoleon Banapart bilan taqqoslagani sababli keskin tanqidga uchradi. U fransuz imperatoriga nisbat berilgan "O‘z vatanini qutqaruvchi hech qanday qonunni buzmaydi" degan so‘zlarni shaxsiy ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirdi. Tanqidchilar bu postni “diktatorlikka moyillik” sifatida baholashdi.
"U AQSh tarixidagi eng qonunga bo‘ysunmaydigan prezidentdir", deb yozdi sobiq Mehnat vaziri Robert Reyx chorshanba kuni The Guardian gazetasida. "Bu aqldan ozish bilan barobar. Bizning boshqaruv tizimimizda prezident o‘z vakolatlaridan qonuniy foydalanayotganini sudlar aniqlaydi, prezidentning o‘zi emas", deya qo‘shimcha qildi u.
Shanba kuni tushdan keyin, Tramp ijtimoiy tarmoqda o‘z pozitsiyasini bayon qiluvchi post joylashtirdi. Internet foydalanuvchilari tezda bu iqtibos Napoleonning "Celui qui sauve sa patrie ne viole aucune loi" degan so‘zlari asosida yaratilganini aniqlashdi. Ushbu ibora "kimki o‘z vatanini qutqarsa, u hech qanday qonunni buzmaydi" deb tarjima qilinadi.
Bu iqtibos, shuningdek, 1970-yilda suratga olingan "Waterloo" filmida ham aks etgan. Ushbu filmda Rod Stayger Napoleon rolini o‘ynagan bo‘lib, unda imperatorning konstitutsiyani oyoq osti qilib, dunyo hukmronligiga intilishi tasvirlangan.
Trampning bu postiga demokrat siyosatchilar boshchilik qilgan tanqidlar yog‘ildi. Virdiniya shtati senatori Tim Keyn, 2016-yilgi saylovda Hillari Klintonning vitse-prezidentlikka nomzodi bo‘lgan, Fox News Sunday ga bergan intervyusida, "Prezident vakolatga ega, lekin u ham qonunlarga bo‘ysunishi kerak", dedi u.
"Vakolat to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, agar Kongress ma’lum bir maqsadga mablag‘ ajratgan bo‘lsa, prezident uni o‘z xohishiga ko‘ra sarflay olmaydi. Shu sababli, uning ko‘plab radikal farmonlari sudga tortilmoqda va bu ishlar muvaffaqiyatli yuritilmoqda".
Associated Press xabariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati 70 dan ortiq sud ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu da’volar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tug‘ilish huquqiga asoslangan fuqarolikni bekor qilishga urinish,
Federal grantlar va mablag‘larni muzlatib qo‘yish,
Rasmiy bo‘lmagan shaxslarning maxfiy hukumat tizimlariga kirishini ta’minlash.

Powered by Froala Editor