Raqamli “Lazgi”: O‘zbekistonda iste’dodlar uchun noyob baza ishga tushirildi
O'zbekiston
O‘zbekistonda mintaqaning ijodiy sanoat qiyofasini o‘zgartirishga va’da bergan ulkan loyihaga start berildi. Toshkentda Markaziy Osiyodagi birinchi kontent-rezidensiyasi — raqamli rassomlar, musiqachilar va neyrotarmoq mutaxassislari milliy merosni zamonaviy digital-mahsulotga aylantiradigan noyob maydon ochildi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF) tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan ushbu loyiha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha davlat strategiyasining bir qismiga aylandi. Pilot bosqichida eng ilg‘or yo‘nalishlarda — sun’iy intellekt va tach-dizayndan tortib, elektron musiqagacha bo‘lgan sohalarda faoliyat yuritayotgan o‘nta yosh iste’dod sohibi ishtirok etdi.
Birinchi rezidentlar uchun asosiy vazifa — “Tamerlano” operasi va “Lazgi” baleti kabi mashhur asarlarni yangicha talqinda taqdim etishdan iborat bo‘ldi. Kreativ direktor Said Fazilov rahbarligida ishtirokchilar Zamonaviy san’at markazi (CCA) bazasida klassik asarlar uchun yangi vizual va tovush tilini yaratdilar.
Digital Content Residence dasturi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmaydi: yaqin vaqt ichida raqamli ijodkorlik maydonchalari hududlarda ham, xususan, Samarqand shahrida ham ish boshlaydi.

“Biz uchun kreatorlarni g‘oyadan to amalga oshirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash muhim. Bu, ayniqsa, Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochilishi arafasida dolzarb ahamiyatga ega”, — dedi Jamg‘arma raisi Gayane Umerova.
Digital Content Residence dasturi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmaydi: yaqin vaqt ichida raqamli ijodkorlik maydonchalari hududlarda ham, xususan, Samarqand shahrida ham ish boshlaydi.
Powered by Froala Editor