Tramp: “Qurolni tashlang — aks holda yo‘q qilinasiz”

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush mavzusida olti daqiqalik video murojaat bilan chiqdi. Video Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.

Tramp: “Qurolni tashlang — aks holda yo‘q qilinasiz”
Tramp AQSh va ittifoqchilar “Epik g‘azab” nomli harbiy operatsiyani boshlaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jahon tarixidagi eng kuchli harbiy amaliyotlardan biri bo‘lgan.

Prezident operatsiya davomida Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlari, to‘qqizta harbiy kema va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) binolari nishonga olinganini aytdi. Shuningdek, operatsiyaning birinchi kunida Eron yetakchisi Ali Xomanaiy halok bo‘lganini va mamlakat harbiy rahbariyati yo‘q qilinganini bildirdi.

Tramp Eron rahbariyatini amerikaliklar o‘limida ayblab, “yuzlab va minglab amerikaliklarning qoni” ularning qo‘lida ekanini ta’kidladi.

U operatsiya boshlanganidan beri uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lganini qayd etib, ularning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Tramp Eron yadro quroliga ega bo‘lishi AQSh fuqarolari uchun xavf tug‘dirishini aytdi.

Nutq yakunida u Eron harbiylari va politsiyasini qurolni tashlashga chaqirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing