Tramp: Rossiya va Ukraina kelishuvga yaqin
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda muhim siljish bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Rossiya va Ukraina mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Unga ko‘ra, muhim qadam sifatida davlat rahbarlari — Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida shaxsiy uchrashuv o‘tkazilishi mumkin.
Tramp muzokaralarda pragmatik yondashuv muhimligini ta’kidladi, ayniqsa AQSh Kongressiga bo‘ladigan oraliq saylovlar arafasida. U hissiyotlar kelishuvga erishishga to‘sqinlik qilishini qayd etdi.
Avvalroq NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukraina tinchlik kelishuviga qiziqish bildirayotganini aytgandi.
Kreml ham muzokaralarga tayyor ekanini bildirgan. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva muloqotga ochiq ekanini, biroq jarayon hozircha vaqtincha to‘xtab qolganini ma’lum qilgan.
So‘nggi uch tomonlama muzokaralar 17–18 fevral kunlari Jenevada o‘tkazilgan. 5 mart kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi uchrashuv esa Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli qoldirilgan. Yangi sana hozircha belgilanmagan.

Powered by Froala Editor