Tramp Uchinchi jahon urushining oldini olishini aytdi

Dunyo

AQShning sobiq prezidenti Oq uyga qaytishdan oldin tinchlikka erishishi mumkinligini aytdi.

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini olishini aytdi
AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp Uchinchi jahon urushi boshlanishining oldini olishga va'da berdi. Uning fikricha, hozirda bunday urushning ehtimoli katta.

"Men uchinchi jahon urushining oldini olaman. Biz uning boshlanish arafasida turibmiz va bu butunlay boshqacha miqyosdagi mojaro bo'ladi", — dedi u o'z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.

Tramp, shuningdek, Oq uyda “qaytadan prezidentlik lavozimini egallashidan” oldin ham tinchlikka erishishga, jumladan, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaroni hal qilishga qodirligini aytdi.

Avvalroq, sobiq prezident, agar qayta saylansa, Ukrainadagi vaziyatni atigi 24 soat ichida hal qilish niyatida ekanini aytgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing