Tramp: Ukraina qachondir Rossiyaniki bo‘lishi mumkin
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp va uning vitse-prezidenti J.D.Vens shu hafta oxirida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorlanar ekan, Ukraina “Bir kun kelib Rossiyaga aylanishi mumkin ”ni degan fikrni aytib o’tdi. Tramp dushanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya–Ukraina mojarosi haqida batafsil gapirdi.
“Ular kelishuvga erishishi mumkin, yoki erishmasligi mumkin. Ular qachondir Rossiyaniki bo‘lishi mumkin yoki bo‘lmasligi mumkin,” dedi u.
Tramp, shuningdek, AQShning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami evaziga iqtisodiy manfaatlar olish kerakligini ta’kidlab, Kiyevning tabiiy resurslari, jumladan, kamyob minerallar bilan to‘lov qilishini taklif qildi.
“Biz bu joyga bunchalik ko‘p mablag‘ kiritamiz va men shuni qaytarib olishni xohlayman. Men ularga kamida 500 milliard dollar miqdorida kamyob yer elementlarini xohlayotganimni aytdim,” dedi Tramp. “Ular bunga rozi bo‘lishdi, shunday ekan, hech bo‘lmaganda o‘zimizni ahmoqdek his qilmaymiz.”
Dushanba kuni Tramp Ukrainaga maxsus vakili sifatida general Kit Kellogni yuborishini ham tasdiqladi. Uning vazifasi urushni to‘xtatish bo‘yicha taklif tayyorlashdan iborat bo‘ladi.
Tramp mojaroga tezroq yakun yasashga harakat qilayotgan bo‘lsa, Zelenskiy Vashingtondan Rossiya bilan bo‘ladigan har qanday kelishuvda qat’iy xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashni talab qilmoqda.
Zelenskiy matbuot kotibi Sergey Nikiforovning ma’lum qilishicha, Ukraina prezidenti juma kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Vens bilan uchrashadi. Kellog 20-fevral kuni Ukrainaga keladi, ammo uning aynan qaysi hududga borishi haqida ma’lumot berilmagan.
Tramp urushga barham berish niyatida ekanini aytgan, biroq tomonlarni muzokara stoliga olib kelish bo‘yicha aniq rejani hali taqdim etmagan.
Zelenskiy ham, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham avvalroq bevosita muzokaralarni rad etgan edi va hozircha tomonlar kelishib olishi mumkin bo‘lgan aniq nuqta mavjud emas. Putin Ukraina janubiy va sharqiy hududlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini talab qilmoqda hamda Ukrainaning NATO bilan yaqinlashishini nomaqbul deb biladi.
Zelenskiy esa Moskva bilan hech qanday hududiy imtiyozlarni muhokama qilmasligini, ammo ayrim hududlarni qaytarish uchun diplomatik vositalarga tayanishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini tan olgan.
Rossiya 2014-yilda Qrimni, 2022-yilda esa Donetsk, Xerson, Lugansk va Zaporojye viloyatlarini o‘z tarkibiga qo‘shib olganini e’lon qilgan, biroq bu hududlarning to‘liq nazoratini qo‘lga kiritmagan.
Dushanba kuni Zelenskiy Tramp bilan uchrashuv tayyorlanayotganini aytdi, ammo aniq sana belgilanmagan. Tramp esa o‘tgan hafta Zelenskiy bilan “ehtimol” yaqin kunlarda uchrashishini bildirgan, biroq shaxsan Kiyevga borish niyatida emasligini aytgan.

Powered by Froala Editor