Tramp: Ukrainada birorta ham amerikalik askar bo‘lmaydi
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika qo‘shinlari Ukrainadagi jangovar harakatlar hududiga kiritilmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Kiyevga Yevropa davlatlari hisobidan yangi qurol-yarog‘ yetkazib berilishini tasdiqladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarning Ukraina hududidagi mojaroda ishtirok etishi mumkinligini istisno qildi. "Bizning askarlarimiz [Ukrainadagi] jangovar harakatlar hududida bo‘lmaydi," - dedi u Endryu harbiy-havo kuchlari bazasida jurnalistlarga. Nutq C-SPAN telekanali tomonidan namoyish etildi.
Shu bilan birga, Tramp AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishga tayyorligini tasdiqladi va bu qurollar uchun to‘lov Yevropa davlatlari tomonidan amalga oshirilishini ta’kidladi. NATO bosh kotibi Mark Ryuttening aniqlik kiritishicha, Amerika qurollari to‘lov mexanizmi tufayli avval to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kiyevga emas, balki Yevropaga yetkazib beriladi.
Shuningdek, 14 iyul kuni Tramp Ryutte bilan uchrashuvi chog‘ida Rossiyaning pozitsiyasidan "o‘ta norozilik" bildirgan va 50 kun ichida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Moskva va uning savdo hamkorlariga qarshi 100 foizlik bojlar joriy etish bilan tahdid qilgan.
Kreml bunga javoban Oq uy rahbarining "juda jiddiy" bayonotlarini tahlil qilayotganini ma’lum qildi. Matbuot xizmatining qayd etishicha, Kiyev Vashingtonda qabul qilinayotgan qarorlarni "tinchlikka emas, balki urushni davom ettirishga signal" sifatida qabul qilmoqda.

Powered by Froala Editor