Tramp va Mask dunyodagi eng yirik gumanitar yordam dasturini bekor qilmoqda
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha AQSh agentligi (USAID)ni yopish jarayonini boshladi. Bu haqida Davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari, milliarder Ilon Mask ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident agentlikni tiklash mumkin emasligini tan olgan va uni yopishga rozilik bildirgan.
USAID har yili sog‘liqni saqlash, korrupsiyaga qarshi kurash, energiya xavfsizligi va toza suvga kirish imkoniyatini kengaytirish kabi global loyihalar uchun milliardlab dollar ajratadi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 72 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa BMT tomonidan nazorat qilinadigan barcha gumanitar yordamning 42 foiziga teng.
Tramp allaqachon xalqaro yordam dasturlarini 90 kunga to‘xtatish to‘g‘risida farmon imzolagan, shuningdek, Ukrainadagi USAID idorasi barcha loyihalarni to‘xtatish buyrug‘ini berdi.
Mask USAID’ni keskin tanqid qilib, uni "jinoyatchi tashkilot" va "radikal marksistlarning ilon uyasi" deb atadi. U, shuningdek, Trampning xarajatlarni qisqartirish siyosati kelgusi yilda AQSh byudjeti tanqisligini 1 trillion dollarga kamaytirishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, USAID’ni bekor qilish qarori katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, chunki dunyo bo‘ylab yuzlab gumanitar dasturlar xavf ostida qoldi.

Powered by Froala Editor