Tramp: Vashington millionlab mablag‘ni chet davlatlarda ta’sir o‘tkazishga sarflayapti
Dunyo
AQSH prezidenti Vashington siyosatini tanqid qilib, chet mamlakatlar ta’siriga katta xarajatlar qilayotganini aytdi.
Donald Tramp Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashuvi haqidagi ayblovlarni masxara qilib, Moskva go‘yoki internet-reklama uchun atigi 2 dollar sarflagani, AQSH esa boshqa mamlakatlarga ta’sir o‘tkazish uchun millionlab pul sarflayotganini aytdi.
Mayamidagi investitsiya forumida nutq so‘zlar ekan, Tramp Vashingtonning ratsional bo‘lmagan xarajatlariga misollar keltirdi: Hindistonda saylovchilar ishtirokini ta’minlash uchun 21 mln dollar, Gvatemalada jinsni o‘zgartirish operatsiyalari uchun 2 mln dollar va Iroqda "Sezam ko‘chalari"ni sahnalashtirish uchun 20 mln dollar.
"Menimcha, ular boshqa birovni prezidentlikka saylashga harakat qilishgan," - deya Hindistondagi saylovlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi u va bu xarajatlar Rossiyaga qarshi ayblovlar fonida g‘alati ko‘rinishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq AQSH maxsus xizmatlari Moskva 2016 yilda Amerikadagi saylovlarga aralashganini da’vo qilgandi, biroq maxsus prokuror Robert Myullerning tergovi Trampning Rossiya bilan til biriktirganiga oid dalillarni topmadi.

Powered by Froala Editor