Tramp Zelenskiyni Barnum bilan qiyosladi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni XIX asr amerikalik shoumeni Phineas Taylor Barnum bilan qiyosladi.

Tramp Zelenskiyni Barnum bilan qiyosladi
Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotda Tramp sobiq prezident Jo Baydenni Ukrainaga yuzlab milliard dollar va yuqori sifatli qurol-aslaha ajratishda tanqid qildi.

Tramp avvalroq Barnumni “har qanday narsani istalgan vaqtda sota oladigan inson” sifatida ta’riflagan edi. Bayonot AQShning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordami borasidagi siyosiy bahslar fonida yangradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing