Trampga Grenlandiya nega kerak — va bu Yevropa uchun nimani anglatadi
Dunyo
AQShning Venesueladagi kuch ishlatilgan operatsiyasidan so‘ng Donald Tramp Grenlandiyani anneksiya qilish g‘oyasini yana ochiq aytdi. Daniya va orol rahbariyatining keskin javobi bu masala Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish masalasini yana ko‘tardi. Bu bayonot Venesuelada o‘tkazilgan operatsiya ortidan yangradi, uning natijasida prezident Nikolas Maduro hibsga olinib, mamlakatdan olib chiqildi.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen AQShni “tarixiy ittifoqchiga tahdidlarni to‘xtatishga” chaqirdi va AQSh Daniya qirolligining biror hududini anneksiya qilish huquqiga ega emasligini ta’kidladi.
Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen ham keskin chiqish qilib, orol sotilmasligini va xalqaro huquqka rioya qilinishi kerakligini bildirdi.
Grenlandiya — Daniyaning yarim avtonom hududi bo‘lib, aholisi qariyb 57 ming kishi. Hudud NATO orbitasida va Yevropa bilan chambarchas bog‘langan.
Tramp Grenlandiyaga bo‘lgan qiziqishini milliy xavfsizlik bilan izohlaydi va Arktikada Rossiya hamda Xitoy faolligini tilga oladi.
Ekspertlar esa asosiy sabab resurslar, energetika va kelajakdagi Arktika dengiz yo‘llari ustidan nazorat ekanini ta’kidlaydi. AQSh 1951 yildan beri Grenlandiyada harbiy mavjudlikka ega.
Yevropa uchun esa bu bayonotlar xavotirli signal bo‘lib, NATO ittifoqchisining hududiy daxlsizligi savol ostiga tushmoqda.

Powered by Froala Editor