Turkiy xalqlar yoshlari Turkiyadagi forumda hamkorlik deklaratsiyasini qabul qildi
Dunyo
9–11-oktabr kunlari Turkiyaning Kocaeli shahrida o‘tkazilgan Turkiy dunyo yoshlari uchrashuvida qariyb 500 nafar yosh ishtirok etdi. “Umumiy meros — yagona yurak” shiori ostidagi forum Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) mamlakatlari, turli davlatlardagi turkiy jamoalar va Turkiyaning turli hududlaridan kelgan yoshlarni birlashtirdi.
Tadbir Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan Kocaeli munitsipaliteti ko‘magida tashkil etildi. Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjondan talabalar, jurnalistlar hamda raqamli media vakillari qatnashdi. Muhokamalar yoshlar hamkorligi, diplomatiya, umumiy tarixiy xotira va raqamli muloqotga bag‘ishlandi.
Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari, turkiy davlatlar bilan aloqalar uchun mas’ul Kyurshad Zorlu mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda yoshlarning o‘rnini ta’kidladi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, TDT mamlakatlarida 15–24 yoshdagi yoshlar soni qariyb 26 million kishini tashkil etadi. U yoshlarni Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi transport hamda energetika yo‘laklarini rivojlantirishda ishtirok etishga tayyorlash muhimligini ham qayd etdi.
Forum yakunida 11 ta tashabbusni o‘z ichiga olgan deklaratsiya e’lon qilindi. Ular orasida “Orhun” talabalar almashinuvi dasturini kengaytirish va moliyalashtirishni oshirish, Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB) faoliyati samaradorligini yaxshilash, shuningdek, ilm-fan, sun’iy intellekt va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bor. Hujjat Raqamli Ipak yo‘li konsepsiyasi doirasida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va umumiy madaniy merosni raqamli platformalarda targ‘ib qilishni ham nazarda tutadi.
Boshqa takliflar yosh diplomatlarni tayyorlash, yoshlarning ommaviy diplomatiyadagi ishtirokini kengaytirish, an’anaviy OAV hamkorligini kuchaytirish, qo‘shma musiqiy va san’at loyihalari, yoshlar oromgohlari hamda ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirishga qaratilgan. Forum ishtirokchilarining takliflarini ilgari surish uchun universitetlar va jamoat tashkilotlari vakillarini belgilash ham taklif etildi.
Yana bir tashabbus TDT mamlakatlari futbolchilari va turkiy kelib chiqishga ega o‘yinchilarga o‘zaro kelishuv asosida ishtirokchi davlatlarning milliy ligalarida mahalliy futbolchi maqomida o‘ynash imkonini beruvchi mexanizmlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Turkiy dunyo yoshlarining navbatdagi uchrashuvi 2027-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti etib tanlangan Kayseri shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor