Turkiya 2024 yilda Yevropa Ittifoqiga kirmaydi

Siyosat

Turkiya 2024-yilda Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻla olmaydi, dedi YEI kotibi. Yevropa Ittifoqi Turkiyaga hatto vizasiz rejim berishga ham hali tayyor emas.

Turkiya 2024 yilda Yevropa Ittifoqiga kirmaydi
Avvalroq, Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga, Shvetsiya esa, oz' navbatida, Turkiyaning YEIga qo‘shilishida ko’maklashishi kerakligini bildirgan edi.

YEI matbuot kotibi Peter Stano Turkiya 2024-yilda Yevropa Ittifoqiga qo’shilmasligini, bu ko’p vaqt va kuch talab qiluvchi jarayonligini ta’kidladi, deb yozadi “Izvestiya”.

Stanoning fikricha, YeI hozirda Turkiyaga hatto vizasiz rejim berishga ham tayyor emas. U viza rejimini liberallashtirish qarori mamlakat barcha zarur mezonlar, jumladan, inson huquqlari va siyosiy erkinlik talablariga javob berganidan keyingina a’zo davlatlar tomonidan qabul qilinishini ma’lum qildi.

Avvalroq, Erdo‘g‘on Turkiya, davlatning YEIga kirish jarayonini faollashtirish sharti bilan Shvetsiyaning NATOga qabuli masalasini qo’llab-quvvatlashga tayyorligini aytgandi. Biroq, NATO va YeI bu ikki jarayonni bog‘lash noo‘rin ekanligini ta’kidlagan edi.

Keyinroq, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya Shvetsiyaning alyansga kirishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lganini, Shvetsiya esa Turkiyaning YEIga kirishida yordam berishini ma’lum qilganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing