Turkiya Falastin xavfsizligining kafili bo‘lishga tayyor - Erdo‘g‘an
Siyosat
Turkiya Prezidenti Isroil-Falastin mojaro hududida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.
Turkiya Isroil armiyasining G'azo sektori tinch aholiga uyushtirgan hujumlarini keskin qoralaydi. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma‘lum qildi.
"Turkiyaning Isroil davlati bilan muammosi yo'q, lekin biz Isroil tomonidan sodir etilgan vahshiylik va uning davlat emas, balki "tashkilot" uslubidagi harakatlarini hech qachon qabul qilmaymiz", dedi Turkiya rahbari.
Uning soʻzlariga koʻra, “bugungi kunda Isroil suyangan kuchlar yoʻq boʻlganda, Isroil xalqi xavfsizlik va rahm-shafqat qidiradigan birinchi joy 500 yil avvalgidek Turkiya boʻladi”.
Turkiya davlat rahbari, shuningdek, Islom hamkorlik tashkilotini sodir bo‘layotgan voqealar fonida falastinliklarning huquqlarini himoya qilish uchun ko‘proq sa’y-harakat qilishga chaqirdi. "Biz hech bo'lmaganda bu safar Islom hamkorlik tashkiloti o'z missiyasini munosib bajarishini kutamiz, uning asosiy maqsadi Falastin da'vosini qo'llab-quvvatlash va Quddus daxlsizligini himoya qilishdir", dedi u.
Erdog‘an Turkiya Falastin xavfsizligining kafili bo‘lishga tayyorligini ham bildirdi.
“Biz gumanitar, siyosiy va harbiy vaziyatimiz tufayli Falastin tomoniga kafil bo‘lishga tayyormiz. Mintaqadagi barcha o‘yinchilar ishtirok etadigan xalqaro Falastin-Isroil tinchlik konferensiyasini chaqirishni taklif qilamiz”, Turkiya rahbari.
Shuningdek, u HAMASni terrorchi tashkilot deb hisoblamasligini aytib, Isroilga safarini bekor qilganini qo‘shimcha qildi.
Powered by Froala Editor