Turkiya investorlari Farg’ona viloyatida fotoelektrstansiya quradi

Iqtisodiyot

Farg’ona viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Turkiya investorlari Farg’ona viloyatida fotoelektrstansiya qurishni rejalashtirishmoqda.

Turkiya investorlari Farg’ona viloyatida fotoelektrstansiya quradi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiya Prezidenti huzuridagi Turizm qo‘mitasi a’zosi Ibrohim O‘zer bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar har ikki davlat tadbirkorlar ishtirokida energetika, ijtimoiy soha va tibbiyot sohalarida loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida quvvati 80 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Stansiya 150 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, energiya saqlash tizimlarini o‘rnatish imkoniyati mavjud. Loyiha qiymati 57 million yevroni tashkil etadi.

“Yashil” loyihaga tayyorgarlik ishlari noyabr oyi oxirigacha yakunlanadi, amalga oshirish esa 2025-yilning uchinchi choragida rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing