Turkiya mamlakatga kiruvchi xorijliklarni qattiq nazorat qilmoqda

Dunyo

Bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qat’iy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar qildi.

Turkiya mamlakatga kiruvchi xorijliklarni qattiq nazorat qilmoqda
Qayd etilishicha, Ushbu amaliyot doirasida Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20–35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganligi kuzatilmoqda.

O‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan shaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda.

Shuningedek, terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi” sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda.

Konsulxona O’zbekiston fuqarolaridan mahalliy qonunlarni hurmat qilib, ularga to‘liq rioya etishlarini so‘ramoqda. Qolaversa, xabarda oldin qonunbuzarlik sodir etib, deport qilingan fuqarolardan Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda kelishlari tavsiya etilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing